MUNOSABAT
2025-09-09 10:00:00 / Yangiliklar

Dastlabki o‘rganishlarga ko‘ra, montaj tashkiloti yuk ko‘tarish kranida montaj ishlarini olib borayotgan vaqtda, texnik talablarga rioya etmaslik oqibatida, kranning tayanch oyoqlarini asosga o‘rnatib ushlab turuvchi qismi mustahkam qotirilmaganlgi sababli kranning keyingi qismini qo‘yish uchun harakatlanish davrida, kran bir tomonga og‘ib ketadi, natijada kranning asosga qotirilmagan 2 ta oyog‘i ko‘tarilib ketishi oqibatida kran yerga qulaydi. Baxtsiz xodisa vaqtida kran kabinasida bo‘lgan kran boshqaruvchisi qattiq zarb natijasida vafot etadi, shuningdek kran montajida yordam berayotgan yana ikki ishchi turli tan jarohati bilan kasalxonaga yotkiziladi. Hozirda holat bo‘yicha Sanoat radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan avariya oqibatida sodir bo‘lgan guruhiy baxtsiz xodisani texnik jixatdan tekshirish bo‘yicha mutaxassislardan iborat komissiya shakllantirilib, o‘rganish ishglari olib borilmoqda.



