MOZIYGA QARAB ISH KO‘RMOQ XAYRLIDIR
2025-09-05 12:00:00 / Yangiliklar

Qo‘mita xodimlar “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasini ziyorat qilib, majmuadagi muzey eksponatlar bilan yaqindan tanishishdi. Sohaning yosh vakillari Vatan ozodligi, tinchligi va istiqloli yo‘lida jasorat ko‘rsatgan, qurbon bo‘lgan mard va jasur yurtdoshlarimiz xotirasini yod etib, ular bilan bog‘liq hikoyalarni tingladilar. Tizim xodimlari bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yurt tarixi va fidoyi yurtdoshlar xotirasini asrab-avaylash, yoshlar qalbida vatanparvarlik va sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyatiga ega ekanini ta’kidlashdi. Ma’rifiy tadbir taassurotlarga boy va esda qolarli bo‘ldi. Ma’lumot o‘rnida. 1999 yil iyul oyida hukumat qarori asosida “Shahidlar xotirasi” xayriya jamg‘armasi tashkil etildi. 2000 yil 12 may kuni Toshkentning Yunusobod tumanida barpo etilgan “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi ochildi. 2001 yil 1 maydagi “Qatag‘on qurbonlarini yod etish kunini belgilash to‘g‘risida”gi prezident farmoni asosida “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasida “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi barpo etildi. Muzey 2002 yil 31 avgustda – mamlakatda ilk bor nishonlangan “Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni”da tantanali ravishda ochildi.







