ATOM ENERGETIKASIDA AYOLLARINING ROLI
2025-04-29 14:00:00 / Yangiliklar

Unda Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi, radiatsiya va yadro xavfsizligi Departamenti bosh mutaxassisi Dildora Umurzoqova Markaziy Osiyodagi ayollar yadro soxasidagi faoliyati va Xalqaro atom energiyasi agentligiga a’zo davlatlar tajribasi bilan tanishish maqsadida ishtirok etdi. Mazkur tadbirda Markaziy Osiyo, AQSh davlatlari hamda XAEAdan 3 nafardan ayol ekspertlar qatnashishdi. Tadbirni AQSh Energetika vazirligining Yadroviy xavfsizlik milliy boshqarmasi (DOE/NNSA) yadroviy xavfsizlik bo‘yicha raxbari Margarita Kalinina-Pol xonim ochib berdi. Tadbirning asosiy maqsadi CANWN yadroviy, radiologik va xavfsizlik bilan bog‘liq boshqa sohalarda ishlaydigan ayollarni yadro energetikasi, radiatsiyaviy dasturlar, yadroviy, radiologik, kimyoviy va biologik xavfsizlik sohalaridagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va imkoniyatlarini kengaytirishdan va XAEA a’zo davlatlar tajribasini o‘rganishdir. Ayni paytda, mazkur o‘tkazilgan tadbirdan ortirilgan ko‘nikma, bilimlar va tajribalar kelajakda Respublikamiz ayollarini O‘zbekiston Respublikasi atom energiyasidan foydalanish ob’ektlarida, yadroviy, radiologik va xavfsizlik bilan bog‘liq boshqa sohalarda ishlaydigan ayollarni yadro energetikasi, radiatsiyaviy dasturlar, yadroviy, radiologik, kimyoviy va biologik xavfsizlik sohalardagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi. Jamiyatda ayollarni yadro soxasidagi faoliyatini rivojlantirish, jahon tajribasini o‘rganish, yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasida kerakli kadrlarni tayyorlashga imkon beradi.

