RADIOAKTIV MANBALAR BILAN MUOMALADA BO‘LISH
2025-04-14 12:20:00 / Yangiliklar

Tadbirning maqsadi – a’zo mamlakatlarga foydalanishdan chiqarilgan yopiq radioaktiv manbalar bilan muomalada bo‘lish bo‘yicha milliy siyosat va strategiyani ishlab chiqishga ko‘maklashishdan iborat. Seminarda Azarbayjon, Qirg‘iziston va Tojikiston, Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik ekspertlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Yadro fizikasi instituti va “O‘zatom” agentligidan ishtirokchilar qatnashmoqdalar. Tadbir davomida Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik, Latviya va Rossiya Federatsiyasi yetakchi ekspertlarining ma’ruzalari tinglanmoqda hamda ishtirokchilar tegishli mashg‘ulotlarni bajarish orqali milliy siyosat va strategiyani ishlab chiqish bo‘yicha o‘z bilimlarini musatahkamalashmoqda. Mazkur tadbir AEXA a’zo mamlakatlar hamda respublikamizdagi manfaatdor vazirlik va idoralar mutaxassislarining foydalanishdan chiqarilgan yopiq radioaktiv manbalar bilan muomalada bo‘lish bo‘yicha milliy siyosat va strategiyani ishlab chiqishdagi so‘nggi yutuqlar, shuningdek, strategiya ishlab chiqish bo‘yicha AEXA va boshqa davlatlar tajribasi bilan tanishish, ushbu soxadagi ilg‘or tajribalar, muammolar va imkoniyatlar to‘g‘risida ma’lumot almashish imkonini beradi.


