SAMARQANDDA KIMYOVIY, BIOLOGIK, RADIATSIYAVIY VA YADROVIY XAVFSIZLIK O‘QUV MASHG‘ILOTI
2025-04-11 12:40:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 10 aprel kuni Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi mutaxassilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 24 dekabrdagi PF-224-son Farmoni 5-ilovasining 8 bandiga xamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi topshirig‘iga asosan Yevropa Ittifoqining "Kimyoviy, biologik, radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizlikning dala mashqlari" loyihasi doirasida O‘zbekistonda rejalashtirilgan kimyoviy, biologik, radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizlikka bag‘ishlangan mintaqaviy dala mashg‘ulotini o‘tkazish yuzasidan Samarqand viloyatiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida, ishchi guruh Samarqand shahrida joylashagan "Dinamo" nomli futbol stadionini va "Aleksandr" nomli mehmonxonalarda loyiha talablari asosida o‘rganishlar olib borildi. Amalga oshirilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha mazkur ikkita ob’ektda rejalashtirilayotgan tadbirni o‘tkazish uchun talab etilayotgan shartlarga mos kelishi aniqlandi. Tashkiliy va amaliy ishlar 2025-2026 yillarda davom etadi.






