SOHIBQIRON AMIR TEMUR
2025-04-09 07:10:00 / Yangiliklar
Biz kim – mulki Turon, Amiri Turkistonmiz!
Biz kim millatlarning eng ulug‘i, eng qadimi – Turkning bosh bo‘g‘inimiz!”.
Bugun 9-aprel - Sohibqiron Amir Temur (1336-1405) tavallud topgan kun!
Amir Temur ibn amir Tarag‘ay 1336 yil 9 aprelda Kesh (Shahrisabz)ning Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida dunyoga kelgan. Uning otasi amir Muhammad Tarag‘ay barlos ulusiga mansub beklardan, bahodir jangchi, ulamoyu fuzaloga ixlosmand, ilm ahliga homiy va ishtiyoqmand kishi bo‘lgan. Amir Temur buyuk sarkarda va davlat arbobi, Temuriylar davlatining asoschisi, O‘zbekistan davlatchilik tarixida o‘zining beqiyos o‘rniga ega bo‘lgan, ilm-ma’rifat homiysidir.
“Yuz ming otliq askar qila olmagan ishni bir to‘g‘ri tadbir bilan amalga oshirish mumkin”- Amir Temur.
