"KIMYOVIY, BIOLOGIK, RADIATSIYAVIY VA YADROVIY XAVFSIZLIKNING DALA MASHQLARI" LOYIHASI
2025-04-08 12:00:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 8 aprel kuni Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 24 dekabrdagi PF-224-son Farmoni 5-ilovasining 8 bandiga xamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi topshirig‘iga asosan Yevropa Ittifoqining "Kimyoviy, biologik, radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizlikning dala mashqlari" loyihasi doirasida O‘zbekistonda rejalashtirilgan kimyoviy, biologik, radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizlikka bag‘ishlangan mintaqaviy dala mashg‘ulotini o‘tkazish yuzasidan tashkiliy va moliyaviy masalalar muxokamasi boshlandi. Mintaqaviy dala mashg‘ulotlari o‘tkazilishi 2025 yil sentabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, unda Yevropa Ittifoqi bilan birgalikda xavfsizlikni ta’minotlash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar va treninglar tashkil etiladi. Shuningdek, Bakteriologik (biologik) va toksik qo‘llanmalarni ishlab chiqish, tayyorlash va saqlashni taqiqlash hamda ularni tugatish to‘g‘risidagi konvensiya doirasida Toshkent shahrida mintaqaviy uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirmoqda. Ushbu tadbir orqali xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlik mustahkamlanadi. Ayni paytda, qo‘mita mutaxassislari tomonidan 2025 yil sentabr oyiga qadar "Kimyoviy xavfsizlik to‘g‘risida"gi qonun loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu qonun kimyoviy xavfsizlik sohasidagi huquqiy asoslarni mustahkamlashga qaratilgan. Sohani tartibga soluvchi yana bir muhim Qonun "Radioaktiv chiqindilar bilan muomala qilish to‘g‘risida"gi qonun bo‘lib, uning loyihasi 2025 yil noyabr oyiga qadar ishlab chiqilib, tegishli idoralarga taqdim etilishi kutilmoqda. Bu qonun radioaktiv chiqindilar bilan ishlashda xavfsizlikni ta’minotlashga qaratilgan. Yevropa Ittifoqining ushbu loyiha doirasida O‘zbekiston kimyoviy, biologik, radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizlik sohalarida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish barobarida, tegishli qonun hujjatlarini takomillashtirish va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minotlashga qaratilgan qator tadbirlarni amalga oshirishda samarali hamkorlik qilish ko‘zda to‘tilgan.



