URAN KONLARIDAGI RADIATSIYAVIY XAVFSIZLIK
2025-04-07 17:00:00 / Yangiliklar

Ushbu tashrifning maqsadi Yevrokomissiya moliyaviy ko‘magida Yevropa taraqqiyot va tiklanish banki (YeTTB) tomonidan respublikamzida ilgargi uran koni ob’ektlarida amalga oshirilayotgan atrof-muhitni qayta tiklash (rekultivatsiya) ishlari loyihasi holati bilan tanishishdan iborat.Tashrif dasturining birinchi kuniga ko‘ra, Yevropa hisob palatasi missiyasi vakillarining katta auditori janob Afonso de Kastro Malxeyro boshchiligidagi guruh O‘zbekiston Respublikasidagi radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasidagi tartibga solish organi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi, Radiatsiya va yadro xavfsizligi departamenti vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida respublikaning Yangiobod va Chorkesar ilgargi uran koni ob’ektlarida o‘tkazilayotgan ekologik qayta tiklash ishlari davomida radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi tartibga solish masalalari yuzasidan axborot almashishdi. Shuningdek, ilgargi uran koni ob’ektlarida xavfsizlikni ta’minlashdagi qonunchilik talablariga rioya etilishi, ushbu ob’ektlarning jismoniy himoyasini ta’minlash, radioaktiv chiqindilarning hisobiga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshirish bo‘yicha ma’lumot almashinildi.








