KIMYOVIY, BIOLOGIK, RADIOLOGIK VA YADRO XAVFSIZLIGI BORASIDA YEVROPA ITTIFOQI BILAN HAMKORLIK
2025-04-04 17:10:00 / Yangiliklar

Ushbu hamkorlik doirasida, preparatlar va texnologiyalarning yangi usullari, xavfsizlik standartlari, ta’lim va trening dasturlari, shuningdek, ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda ularni amaliy joriy qilish jarayonlari hamda radiatsiyadan himoyalanish va xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan loyihalar ishlab chiqiladi. Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik, xususan, qo‘shma tadqiqotlar, tajriba almashish, innovatsion yechimlarni joriy qilish va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha standartlarni takomillashtirish kabi sohalarda amalga oshiriladi. Bu esa, o‘z navbatida, yadro energiyasidan foydalanish jarayonida xavfsizlikni ta’minlaydi. Ma’lumot o‘rnida. KBRYa bo‘yicha YeI ITM Yevropa komissiyasi tomonidan moliyalashtiriladi va BMTning Jinoyatchilik va odil sudlov masalalari bo‘yicha Mintaqalararo ilmiy-tekshirish instituti (YuNIKRI) va Yevropa komissiyasining Birlashgan tadqiqot markazi (BTM) bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Yevropa tashqi aloqalar xizmati ham mazkur tashabbusni kelgusida amalga oshirishda ishtirok etadi. Tashabbus tegishli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, YeI a’zo mamlakatlari va boshqa manfaatdor tomonlarning texnik yordami bilan milliy, mintaqaviy hamda xalqaro miqyosda hamjihatlik va samarali hamkorlik asosida ishlab chiqilgan. Tashabbusda dunyoning 8 mintaqasidan 64 tadan ziyod davlat ishtirok etadi.
