FARMON IJROSI BO‘YICHA IRRS MISSIYASI
2025-03-28 11:00:00 / Yangiliklar

Bugun mamlakatimizda yoqilg‘i-energetika resurslaridan oqilona foydalanish va ularning ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish orqali, shu jumladan, atom energetikasini tashkil etish hisobidan respublikaning elektr energiyasiga nisbatan ortib borayotgan ehtiyojini ta’minlash chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda. Ayni paytda, mazkur islohotlarni uzluksiz davom ettirish va iqtisodiyotning drayveri bo‘lgan sanoatning ob’ektlarida xavfsizlikni ta’minlash uchun Prezidentimizning 2024 yil 24 maydagi 186-sonli qarori bilan Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi atom energetikasi va yadro texnologiyalari ob’ektlarida radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida sanoat xavfsizligi sohalarida yagona davlat siyosatini amalga oshirish va nazorat qilish uchun javobgar bo‘lgan vakolatli davlat boshqaruvi organi etib belgilandi.
Belgilab berilgan vazifalarni izchil amalga oshiri hamda Davlatimiz rahbarining 2024-yil 24-dekabrdagi “Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat nazoratini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-224-son Farmoni tegishli bandiga asosan Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlikning (AEXA) “Tartibga solish masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha kompleks xizmatlar” (IRRS) dastlabki missiyasini o‘tkazish vazifasi yuklatildi. Ma’lumot uchun. IRRS missiyasi bu AEXAning ekspert baholash xizmatlaridan biri hisoblanib, missiyaning maqsadlari davlat, huquqiy va xavfsizlikni tartibga solish bazasini AEXAning xavfsizlik standartlariga muvofiqligini baholash orqali milliy xavfsizlik infratuzilmasi samaradorligini oshirishdan iboratdir. Farmon ijrosi bo‘yicha qo‘mitaning Radiatsiya va yadro xavfsizligi departamenti tomonidan joriy yil yanvarida Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik hamda O‘zatom agentligi vakillari bilan birgalikda texnik hamkorlik loyihalar va kompleks ish reja bo‘yicha o‘tkazilishi rejalashtirilgan yig‘ilish masalalari yuzasidan onlayn tadbir tashklil etildi. Mazkur onlayn formatdagi uchrashuvda IRRS missiyasini o‘tkazish bo‘yicha AEXA ekspertlari bilan olib borilgan muhokamalar asosida 2025 yilning iyul oyida IRRS missiyasini o‘tkazish masalalari bo‘yicha AEXA ekspertlari ishtirokida “Ekspert uchrashuvi”ni tashkil qilinishi rejalashtirildi. Bu kabi formatda o‘tkazilgan uchrashuv rejalashtirilayotgan yig‘ilishni tashkil etishda tomonlar uchun tashkiliy masalalar bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savolllariga tezkor javob olish va mulohazalar bilan bo‘lishishda samarali platforma bo‘lib xizmat qiladi.
