RADIOAKTIV CHIQINDILAR BILAN MUOMALADA BO‘LISH TO‘G‘RISIDAGI QONUN LOYIHASI
2025-03-17 12:10:00 / Yangiliklar
Ushbu Qonun loyihasining maqsadi radioaktiv chiqindilar bilan muomalada bo‘lish sohasidagi munosabatlarni hamda aholining hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkini, shuningdek atrof-muhitni radioaktiv chiqindilarning hozirgi va kelajak avlodlar uchun zararli ta’siridan himoya qilishni tartibga solishdan iborat. Shuni takidlash joizki, mazkur Qonun loyihasi Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) talablari va yetakchi mamlakatlar tajribasi va qonunchiligini o‘rgangan holda ishlab chiqilmoqda. Qonun loyihasi radioaktiv chiqindilar bilan muomalada bo‘lish sohasida huquqiy tartibga solishning vazifalari va tamoyillarini, xavfsizlikni ta’minlashga doir talablar, radioaktiv chiqindilar bilan muomalada bo‘lish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiruvchi organlar va ularning vakolatlari, radioaktiv chiqindilar bilan muomalada bo‘ladigan ob’ektlarni joylashtirish, loyihalashtirish, qurish, foydalanishga topshirish, ulardan foydalanish va ularni foydalanishdan chiqarish (yopish) hamda ushbu sohada xalqaro hamkorlik kabi huquqiy normalarni o‘z ichiga qabrab oladi.
