SANOAT, RADIATSIYA VA YADRO XAVFSIZLIGI QO‘MITASI DELEGATSIYASI KALININ AESDA
2025-03-14 17:20:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi delegatsiyasi Rostexnadzorning yadro va radiatsiyaviy xavfsizlikni nazorat qilish bo‘yicha Rossiya Federatsiyasining Voljskiy viloyati xodimlari bilan atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanishda yadro va radiatsiyaviy xavfsizlikni tartibga solish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim doirasida Kalinin AES uchastkasida uchrashuv o‘tkazdi.

Dastlab delegatsiya AES axborot markazi faoliyati bilan tanishdi, 1, 2, 3-energobloklarning turbinali bo‘limlari, 3-energetika blokining blok-boshqaruv markazi, loyihaviy avariyalarni boshqarish uchun mobil uskunalarni joylashtirish maydonchasida bo‘lishdi. Tashrif so‘ngida delegatsiya a’zolari atom elektr stansiyalarida amalga oshirilayotgan davlat nazorati tartibi bilan tanishdilar. Viloyatdagi radiatsiyaviy vaziyat, suv havzalarining holati bilan bog‘liq savollarga AES mutaxassilaridan atroflicha javob olishdi.
