O‘ZBEKISTON RADIOAKTIV CHIQINDILARNI BOSHQARISHDA XALQARO HAMKORLIKNI MUSTAHKAMLAMOQDA
2025-02-24 11:00:00 / Yangiliklar
Shu kunlarda Avstriyaning Vena shahrida xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) tomonidan “Radioaktiv chiqindilar bilan muomalada bo‘lish va yadroviy ob’ektlarni foydalanishdan chiqarish to‘g‘risidagi nizom loyihasini ishlab chiqish“ mavzusida mintaqaviy tadbir o‘tkazilmoqda.

Unda Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi Radiatsiya va yadro xavfsizligi departamenti xodimi Otabek Eshmurodov ishtirok etmoqda. Ta’kidlash joizki, mazkur tadbirdan ko‘zlangan maqsad xalqaro atom energetikasi agentligiga a’zo davlatlarning radioaktiv chiqindilar, ishlatib bo‘lingan yopiq ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini nazorat qilish va yadroviy ob’ektlarni xalqaro xavfsizlik standartlariga muvofiq foydalanishdan chiqarish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar ishlab chiqishda qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. 28 fevralga qadar o‘z ishini davom ettiradigan ushbu tadbirda qator masalalar yuzasidan muhokamalar tashkil etilyapti.




