“Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat nazoratini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni
2024-12-26 12:20:00 / Yangiliklar
“Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat nazoratini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-224-son, 24.12.2024 y. https://lex.uz/ru/pdfs/7281206) qabul qilindi
⚡️ Farmonga ko‘ra, Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi (Qo‘mita) raisi va uning o‘rinbosarlari zimmasiga 2025 yilda quyidagi ustuvor vazifalar yuklandi, jumladan:
🔹sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi hamda istirohat bog‘lari attraksionlaridan foydalanishdagi xavfsizlik talablarini qayta ko‘rib chiqish;
🔹sanoat xavfsizligini ta’minlashda masofadan nazorat qilish mexanizmini joriy etish;
🔹sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish.
🏢 Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining metallurgiya tarmog‘ida xavfsizlikni nazorat qilish funksiyasi Qo‘mitaga o‘tkaziladi.
✅ Inspeksiya tuzilmasidagi Bekobod kon-texnika inspeksiyasi tugatiladi.
📁 Qo‘mita tuzilmasida quyidagilar tashkil etiladi:
🔹Navoiy sanoat xavfsizligi inspeksiyasi;
🔹Olmaliq sanoat xavfsizligi inspeksiyasi;
🔹Bekobod sanoat xavfsizligi inspeksiyasi;
🔹Temir yo‘l sanoat xavfsizligi inspeksiyasi.
🖥 2025 yil yakunigacha “Yagona integratsiyalashgan ekotizim” axborot tizimi ishga tushiriladi.
📚 2025 yil 1 iyuldan sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasidagi belgilangan huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga jarima qo‘llash tartibi joriy etiladi.
https://lex.uz/ru/pdfs/7281206