XAVFLI KIMYOVIY MODDALAR XAVFSIZLIGI: XALQARO TAJRIBA ÖRGANILMOQDA
2026-11-11 18:20:00 / Yangiliklar

10–13-noyabr kunlari Xitoyning Luçjou şahrida ötkazilayotgan mazkur tadbirda AEXAga a’zo 14 ta davlat vakillari qatnaşmoqda. Seminar doirasida iştirokçilar Xitoyning xavfli kimyoviy moddalarni işlab çiqariş, saqlaş, taşiş, ulardan foydalaniş, zararsizlantiriş, şuningdek, eksport va import jarayonlarida xavfsizlikni ta’minlaşga qaratilgan qonunçilik bazasi va tartibga soliş mexanizmlari bilan yaqindan tanişmoqda.
Tadbirda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qömitasi boş mutaxassislari H. Qodirov hamda B. Maşrapov iştirok etmoqda.
Xavfli kimyoviy moddalar xavfsizligi — sanoat barqarorligining muhim şarti
Bugungi kunda kimyo sanoati, neft-gaz, energetika, metallurgiya, farmatsevtika va boşqa işlab çiqariş tarmoqlarida xavfli kimyoviy moddalardan keng foydalanilmoqda. Mazkur moddalar iqtisodiyot rivoji va sanoat işlab çiqarişining muhim tarkibiy qismi bölişi bilan birga, ularni saqlaş, taşiş yoki texnologik jarayonlarda qöllaş qoidalarining buzilişi jiddiy texnogen xavflarni yuzaga keltirişi mumkin.
Xususan, zaharli moddalarning atmosferaga tarqalişi, kimyoviy reaksiyalar natijasida yonğin va portlaşlarning sodir bölişi, saqlaş siğimlarining germetikligi buzilişi yoki transport vositalaridagi avariyalar inson salomatligi, atrof-muhit va işlab çiqariş infratuzilmasiga katta zarar yetkazişi ehtimolini oşiradi.
Şu bois xavfli kimyoviy moddalar xavfsizligini ta’minlaş faqat işlab çiqariş jarayonini nazorat qiliş bilan çeklanmaydi. Bu — moddani işlab çiqarişdan tortib, uni saqlaş, taşiş, işlatiş va foydalanişdan çiqarişgaça bölgan barça bosqiçlarni qamrab oluvçi yaxlit xavfsizlik tizimidir.
Bunday tizimning samaradorligi, eng avvalo, aniq qonunçilik talablari, xavflarni oldindan baholaş, korxonalarning mas’uliyati, malakali mutaxassislar, zamonaviy texnik nazorat va favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik darajasiga boğliq.
Xitoy tajribasi: qonunçilik va zamonaviy nazorat mexanizmlari
Xitoy Xalq Respublikasining xavfli kimyoviy moddalar xavfsizligini tartibga soliş borasidagi tajribasi seminar mavzusining dolzarbligini yanada oşiradi.
Xususan, Xitoyda 2025-yil 27-dekabrda «Xavfli kimyoviy moddalar xavfsizligi töğrisida»gi yangi qonun qabul qilingan bölib, u 2026-yil 1-maydan kuçga kirgan. Mazkur hujjat xavfli kimyoviy moddalarni işlab çiqariş, saqlaş, ulardan foydalaniş, savdo qiliş va taşiş bilan boğliq munosabatlarni kompleks tartibga solişga qaratilgan.
Qonunçilikda korxonalarning xavfsizlik uçun javobgarligini kuçaytiriş, xavflarni darajalar böyiça boşqariş, xavfli obyektlarni nazorat qiliş, işlab çiqariş jarayonlariga avtomatlaştirilgan boşqaruv va monitoring tizimlarini joriy etiş, şuningdek, avariya holatlariga tayyorgarlik köriş masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
Bundan taşqari, kimyoviy moddalarning xavflilik xususiyatlarini aniqlaş, ularni tegişli toifalarga ajratiş, maxsus saqlaş şaroitlarini belgilaş, xodimlarni kasbiy tayyorlaş va xavfsizlik talablariga rioya etilişini ta’minlaş mexanizmlari ham muhim örin tutadi.
Mazkur yondaşuvning ahamiyatli jihati şundaki, xavfsizlik nazorati hodisa sodir bölganidan keyingi çoralar bilan çeklanmaydi, balki xavf manbalarini dastlabki bosqiçdayoq aniqlaş va ularni bartaraf etişga yönaltiriladi.
Xalqaro tajriba — milliy xavfsizlik tizimini takomillaştiriş omili
Seminar doirasidagi muhokamalar Özbekiston uçun ham amaliy ahamiyatga ega. Çunki mamlakatimizda kimyo sanoati, neft-gaz majmualari, işlab çiqariş korxonalari, omborxonalar hamda boşqa xavfli işlab çiqariş obyektlarining faoliyati sanoat xavfsizligini ta’minlaşda tizimli va kompleks yondaşuvni talab etadi.
Ayniqsa, xavfli kimyoviy moddalarni saqlaş va taşiş jarayonlarida texnik holatni baholaş, xavfli işlab çiqariş obyektlarida xavflarni identifikatsiya qiliş, avariyaviy vaziyatlarning oldini oliş, korxonalar mas’uliyatini oşiriş va nazoratning zamonaviy usullarini joriy etiş dolzarb vazifalardan hisoblanadi.
Xalqaro seminar davomida örganiladigan ilğor tajribalar quyidagi yönalişlarda muhim ahamiyat kasb etadi:
— xavfli kimyoviy moddalar bilan boğliq faoliyatni tartibga soluvçi qonunçilik va me’yoriy-huquqiy hujjatlarni takomillaştiriş;
— xavfli işlab çiqariş obyektlarida texnogen xavflarni oldindan aniqlaş va baholaş mexanizmlarini rivojlantiriş;
— kimyoviy moddalarni saqlaş, taşiş va ulardan foydalanişda texnik hamda taşkiliy xavfsizlik talablarini kuçaytiriş;
— zamonaviy monitoring, avtomatlaştirilgan nazorat va xavf haqida erta ogohlantiriş tizimlaridan foydalaniş;
— avariya holatlarida tezkor harakat qiliş, oqibatlarni çeklaş va bartaraf etiş böyiça xalqaro yondaşuvlarni örganiş;
— soha mutaxassislarining bilim va malakasini oşiriş, vakolatli taşkilotlar örtasida hamkorlikni mustahkamlaş.
Hamkorlikning strategik ahamiyati
Xavfli kimyoviy moddalar bilan boğliq xavflar davlat çegaralari bilan çeklanmaydi. Ularning xalqaro savdo, tranzit va transport yönalişlari orqali harakatlanişi turli mamlakatlarda yagona xavfsizlik tamoyillari va özaro muvofiqlaştirilgan nazorat mexanizmlariga ehtiyojni kuçaytiradi.
Şu nuqtayi nazardan, 14 davlat vakillari iştirokida taşkil etilgan seminar nafaqat Xitoy tajribasini örganiş, balki davlatlar örtasida bilim va amaliy tajriba almaşiş, xavfsizlikka oid umumiy yondaşuvlarni şakllantiriş hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş uçun muhim maydon hisoblanadi.
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qömitasi vakillarining mazkur xalqaro tadbirdagi iştiroki sohada ilğor xorijiy tajribani örganiş, milliy nazorat mexanizmlarini takomillaştiriş va texnogen xavflarning oldini olişga qaratilgan zamonaviy yondaşuvlarni rivojlantirişga xizmat qiladi.
Zero, sanoat taraqqiyotining haqiqiy samarasi nafaqat işlab çiqariş hajmi, balki inson hayoti, soğliği va atrof-muhit xavfsizligi qay darajada ta’minlanganligi bilan ham belgilanadi.




