Ammiak sizib çiqişi bilan boğliq avariya holati yuzasidan maxsus-taktik öquv maşqi ötkazildi
2026-11-09 12:25:00 / Yangiliklar

Öquv maşqi ssenariysiga köra, yuk poyezdi vagonidan ammiak (NH₃) sizib çiqişi holatida obyekt rahbariyati, qutqaruv tuzilmalari hamda FVDT xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari maşq qilindi.
Maşq davomida sanoat xavfsizligi xizmati xodimlarining avariya haqidagi ma’lumotlarni qayd etiş, evakuatsiya va xavfli hududni nazorat qiliş, gaz konsentratsiyasini monitoring qiliş, avariya-qutqaruv xizmatlari bilan hamkorlik qiliş hamda avariya oqibatlarini bartaraf etgandan keyingi xavfsizlik çoralarini ta’minlaş böyiça vazifalari tuşuntirildi.
Şuningdek, avariya sabablarini örganiş va tegişli dalolatnomalarni rasmiylaştiriş tartibiga alohida e’tibor qaratildi.
Öquv maşqining asosiy maqsadi — avariya holatlarida mas’ul xizmatlarning özaro hamkorligini mustahkamlaş va xodimlarning favqulodda vaziyatlarda töğri harakat qiliş könikmalarini oşirişdan iborat.




