🇺🇿 25-oktabr — Ichki ishlar organlari xodimlari kuni! Bayramingiz muborak bo‘lsin!
2026-10-25 09:00:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi rahbariyati va jamoasi ichki ishlar organlari tashkil etilganining 35 yilligi hamda 25-oktabr — Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan soha fidoyilarini samimiy muborakbod etadi!

Mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, jamoat xavfsizligini mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, qonun ustuvorligini qaror toptirish yo‘lidagi mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, xonadonlaringizga fayzu baraka, el-yurt tinchligi va ravnaqi yo‘lidagi sharafli xizmatingizda kuch-g‘ayrat hamda yangi zafarlar yor bo‘lsin!
