“E-Anticor.uz” elektron platformasi
2026-10-15 14:00:00 / Yangiliklar

Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida korrupsiyaga oid xavf xatarlarni aniqlash va baholash uslubiyoti tasdiqlandi.
Maqsad — davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga sabab bo‘luvchi omillarni oldindan aniqlash, xavf darajasini dalillar asosida baholash hamda ularni bartaraf etish choralarini belgilashdan iborat.
Chora-tadbirlar dasturi va korrupsiyaga oid xavf-xatari yuqori bo‘lgan lavozimlar ro‘yxati “E-Anticor.uz” elektron platformasida jarayonlar reyestri hamda korrupsiyaga oid xavf-xatarlar xaritasidagi ma’lumotlar asosida avtomatik shakllantiriladi.
Baholashni tashkil etish va belgilangan choralar ijrosi uchun birinchi rahbar shaxsan javobgar hisoblanadi.
Baholash har yili 1-fevralga qadar o‘tkaziladi, xavf-xatarlar xaritasi va chora-tadbirlar dasturi 1-martga qadar “E-Anticor.uz” platformasi orqali Agentlik bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
