BAХTSIZ HODISANI TEKSHIRISHDA FAQAT ISH VAQTI MEZON BO‘LADIMI?
2026-10-14 12:00:00 / Yangiliklar

QANDAY VAZIYATLARDA BAХTSIZ HODISALAR TEKSHIRILADI?
🔹 Tanaffus paytida — xodim dam olayotgan vaqtda yuz bergan hodisalarda;
🔹 Ish boshlanishidan avval — ish joyini tayyorlash, asbob-uskunalarni ko‘zdan kechirish yoki mehnat vazifasini bajarishga hozirlik ko‘rish jarayonida;
🔹 Ish yakunlangach — ish qurollari, uskunalar va maxsus kiyimlarni yig‘ishtirish yoki tartibga keltirish chog‘ida;
🔹 Belgilangan ish vaqtidan tashqari — xizmat topshirig‘i yoki mehnat faoliyati bilan bog‘liq qo‘shimcha ishlarni bajarish davomida;
🔹 Dam olish va bayram kunlarida — xodim ishga jalb etilgan vaqtda sodir bo‘lgan holatlarda.
⚠️ E’TIBOR BERING!
Baxtsiz hodisaga huquqiy baho berishda faqat vaqt omili bilan cheklanilmaydi. Hodisaning qayerda sodir bo‘lgani, qanday sharoit yuzaga kelgani hamda xodim ayni paytda qanday faoliyat bilan shug‘ullangani ham atroflicha o‘rganiladi.
✅ Unutmang: mehnat xavfsizligini ta’minlash — nafaqat ish jarayonida, balki ishga tayyorgarlik ko‘rish va ishni yakunlash bosqichlarida ham muhim vazifadir.

