“NAVOIYAZOT” AJda avariyalarni bartaraf etish bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
2026-10-13 19:00:00 / Yangiliklar

Mazkur o‘quv mashg‘ulotida Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi Navoiy hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi — davlat inspektori, “NAVOIYAZOT” AJ Favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamda Harbiylashtirilgan gaz-qutqaruv otryadi vakillari ishtirok etdi.
O‘quv mashg‘ulotining asosiy maqsadi ishlab chiqarish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariyalarni tezkor bartaraf etish, ularning oqibatlarini cheklash, shuningdek, tegishli xizmatlarning favqulodda vaziyatlarda o‘zaro hamkorligini mustahkamlashdan iborat.
Bunday o‘quv mashg‘ulotlari ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishini ta’minlash, favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik darajasini oshirish hamda avariya holatlarining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.



