Sanoat xavfsizligini ta’minlash tizimi takomillashtirilmoqda
2026-10-04 12:40:00 / Yangiliklar

Ushbu hujjat sanoat xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish, xavfli obyektlardagi faoliyat ustidan nazorat mexanizmini kuchaytirish, eng muhimi, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘i hamda mol-mulkini ishonchli muhofaza qilishga qaratilgan.
Qonun loyihasi bilan Jinoyat, Jinoyat-protsessual hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga xavfli va potensial xavfli obyektlarda sanoat xavfsizligi talablarini, xavfli yuklar bilan ishlash qoidalarini buzganlik, shuningdek, bila turib yolg‘on ekspert xulosasi berganlik uchun javobgarlik choralarini belgilashni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo‘mitasi mazkur qonun loyihasiga mas’ul etib belgilandi.
