Xavfsizlik va tayyorgarlik uyg‘unligi: Yangiyer 3B-KSda maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti
2026-10-02 16:20:00 / Yangiliklar
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi vakili ishtirokida Yangiyer 3B-KS sanoat maydonida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mashg‘ulot ssenariysiga ko‘ra, korxona hududidan o‘tuvchi diametri 700 mm bo‘lgan gaz quvurining yorilishi natijasida gazokompressor stansiyasining A va B sexlaridagi gaz haydash agregatlarida shartli avariya holati yuzaga keldi.
Mashg‘ulot davomida fuqaro muhofazasi tuzilmalari va avariya-tiklash brigadalarining avariyani aniqlash, kuch va vositalarni jalb etish, oqibatlarni bartaraf etish hamda obyekt faoliyatini tiklash bo‘yicha amaliy harakatlari sinovdan o‘tkazildi.
Qo‘mita vakili mashg‘ulot jarayonini kuzatib, sanoat xavfsizligi talablari asosida amalga oshirilgan harakatlarni baholashda ishtirok etdi.




