Shamol elektr stansiyalarida sanoat xavfsizligi
2026-09-28 19:00:00 / Yangiliklar

2026-yil yanvar–iyul oylarida yirik quvvatli quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan jami 7,5 mlrd kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan.
Shamol energetikasining amaliy samarasini “Chorbog‘” shamol elektr stansiyasi misolida ko‘rish mumkin. 20 MVt quvvatga ega ushbu stansiya yiliga 50 mln kVt·soatgacha elektr energiyasi ishlab chiqarishi va qariyb 20 mingta xonadonning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashi mumkin.
Shu bilan birga, shamol elektr stansiyalarini qurish va ulardan foydalanishda sanoat xavfsizligi masalalari ham muhim o‘rin tutadi.
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi vakolati doirasida, jumladan:
⭕ turbinalarni montaj qilishda foydalaniladigan ko‘tarish qurilmalari va kranlar xavfsizligi;
⭕ mavjud bo‘lsa, bosim ostida ishlovchi uskunalar xavfsizligi;
⭕ belgilangan mezonlarga javob beradigan xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligi talablari;
⭕ qurilish va montaj jarayonlarida tegishli sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi nazorat qilinadi.
Demak, shamol elektr stansiyasi — nafaqat “yashil” energiya manbai, balki undagi tegishli texnik qurilmalar va xavfli ishlab chiqarish obyektlarining xavfsizligi ham alohida e’tibor talab qiladigan yirik infratuzilma obyektidir.
Eslatma: postda 1 672 MVt — bu o‘rnatilgan quvvat, ishlab chiqarilgan elektr energiyasi emas. Ishlab chiqarish miqdori shamol sharoitiga va ishlash rejimiga qarab o‘zgaradi. Masalan, 2026-yil iyunida shamol elektr stansiyalari 245,7 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqargan.
