Navoiy IESda sanoat xavfsizligi talablari o‘rganildi
2026-09-25 12:00:00 / Yangiliklar
Navoiy IESda quvvati 650 MVtdan ortiq bo‘lgan gaz turbinali elektr stansiyasi, 500/220 kV podstansiya hamda tegishli elektr uzatish liniyalarini qurish loyihasi doirasida Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi Navoiy hududiy boshqarmasi tomonidan navbatdagi nazorat o‘rganishi o‘tkazildi.

Tadbir davomida qurilish maydonidagi ishlar ko‘zdan kechirilib, sanoat xavfsizligi talablariga rioya etish, avariya va baxtsiz hodisalarning oldini olish, xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash hamda xodimlar o‘rtasida profilaktik tushuntirish ishlarini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.



