Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: hududlarda nazorat kuchaytirilmoqda
2026-09-25 12:10:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi hukumatining tegishli qarori asosan Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining Qashqadaryo hududiy boshqarmasi tomonidan joylarda nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Jumladan, issiqlik qozonxonalari, ijtimoiy soha obyektlaridagi isitish tizimlari, shuningdek, gaz transporti va gaz taqsimlash infratuzilmasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganilmoqda.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, ularning ijrosi nazoratga olinmoqda.






