AEXAning 70-Bosh konferensiyasi doirasida xalqaro hamkorlik
2026-09-18 12:20:00 / Yangiliklar
AEXAning 70-Bosh konferensiyasi doirasida Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi huzuridagi «Radiatsiya va yadro xavfsizligi ilmiy-texnik markazi» davlat muassasasi Pokiston Islom Respublikasi Atom energiyasi komissiyasi (PAEC) raisi doktor Roja Ali Raza Anvar hamda Pokiston Yadro tartibga solish organi (PNRA) Ijroiya a’zosi Shohid Roshid bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Muzokaralarda Qo‘mita va PNRA o‘rtasidagi amaldagi memorandum doirasidagi hamkorlikni faollashtirish, AEXA dasturlari doirasida mutaxassislarni o‘qitish va malakasini oshirish, shuningdek, Markaz laboratoriyalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.


