“SANOAT XAVFSIZLIGI” DAVLAT MUASSASASI XALQARO STANDARTLAR BO‘YICHA SERTIFIKATLARGA EGA BO‘LDI
2026-09-11 11:00:00 / Yangiliklar

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar natijasida “Sanoat xavfsizligi” davlat muassasasi ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro standartlari bo‘yicha sertifikatlarga ega bo‘ldi.
⭕ ISO 9001 — sifat menejmenti tizimiga oid xalqaro standart bo‘lib, tashkilot faoliyatidagi jarayonlarni tizimli boshqarish, xizmatlar sifatini barqaror ta’minlash va ularni doimiy takomillashtirishga qaratilgan.
⭕ ISO 37001 — korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimiga oid xalqaro standart bo‘lib, korrupsiya xavflarini aniqlash va kamaytirish, tegishli nazorat mexanizmlarini joriy etish hamda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha samarali tizimni shakllantirishga xizmat qiladi.
Mazkur sertifikatlarning qo‘lga kiritilishi “Sanoat xavfsizligi” davlat muassasasida boshqaruv tizimlari xalqaro talablar asosida yo‘lga qo‘yilayotganining muhim ko‘rsatkichidir.
Bu esa muassasa faoliyatida sifat, shaffoflik, mas’uliyat va samaradorlik tamoyillarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.



