Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirishga qaratilgan qonun ma’qullandi
2026-09-10 11:00:00 / Yangiliklar

Qonunga ko‘ra, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini 26 ta harf va 3 ta harflar birikmasi o‘rniga 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan tashkil topishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Unga ko‘ra, alifbodagi to‘rtta harf quyidagicha o‘zgartirilishi ko‘zda tutilgan:
G‘ g‘ → Ğ ğ
O‘ o‘ → Ö ö
Sh sh → Ş ş
Ch ch → Ç ç
Qonun kuchga kirguniga qadar amaldagi alifbo asosida rasmiylashtirilgan hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qog‘ozlar muomalada qoladi.
Davlat organlari va tashkilotlarining ramziy belgilari, peshlavha hamda ko‘rsatkichlaridan esa ular yaroqsiz holga kelguniga qadar yoki belgilangan muddatgacha foydalanishga ruxsat beriladi.
Ma'lumot uchun ayni daqiqalarda Oliy Majlis Senatining o‘n to‘qqizinchi yalpi majlisi bo'lib o'tmoqda. Majlis muhokamalarini Senatning YouTube sahifasi orqali onlayn kuzatish mumkin.
📌 Muhokama yakunida senatorlar Qonunni ma’qulladi.

