LIFT XAVFSIZLIGI SOHASIDA XALQARO HAMKORLIK
2026-09-09 16:00:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyuldagi 430-son qarori ijrosini ta’minlash hamda liftlar xavfsizligini xalqaro standartlar asosida baholash maqsadida xalqaro hamkorlik ishlari davom ettirilmoqda.

Shu doirada «Sanoat xavfsizligi» davlat muassasasi hamda Xitoy Xalq Respublikasining «NETEC» Liftlar inspeksiyasi va sinovi milliy markazi mutaxassislari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida laboratoriya imkoniyatlari, lift xavfsizlik qurilmalarini sinovdan o‘tkazish, tajriba almashish va xalqaro standartlarni amaliyotga joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Mazkur hamkorlik lift xavfsizligini ta’minlash, sifatsiz va xavfli qurilmalarning bozorga kirib kelishining oldini olish hamda aholi xavfsizligini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.




