O‘zbekiston–Serbiya: sanoat xavfsizligi sohasida hamkorlik imkoniyatlari
2026-09-08 18:00:00 / Yangiliklar

Tomonlar o‘rtasida mehnat xavfsizligi, qayta tiklanuvchi energetika, “yashil” texnologiyalar, farmatsevtika va biotexnologiya, temir yo‘l infratuzilmasi, raqamlashtirish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha kelishuvlarning imzolanishi xavfli ishlab chiqarish obyektlarida xavflarni oldindan aniqlash, baholash va boshqarish masalalarini yanada dolzarb qiladi.
Shu nuqtayi nazardan, mazkur kelishuvlar doirasida sanoat xavfsizligi bo‘yicha ilg‘or tajribani o‘rganish, nazorat va monitoring jarayonlarini raqamlashtirish, zamonaviy texnologiyalarni xavfsiz qo‘llash hamda mutaxassislar salohiyatini oshirish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Xavfsizlik — sanoat taraqqiyotining ajralmas qismi.
Strategik sheriklik esa ushbu tamoyilni yangi texnologiyalar va xalqaro tajriba bilan boyitish uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.
🌐 Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi Axborot xizmati




