Tartibga solish organi boshqaruv tizimini samarali tashkil etish
2026-09-07 12:20:00 / Yangiliklar

“Tartibga solish organi boshqaruv tizimini samarali tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash” mavzusidagi seminarda Qo‘mita, Radiatsiya va yadro xavfsizligi ilmiy-texnik markazi mutaxassislari, shuningdek, AEXA, Kanada va Misrdan tashrif buyurgan xalqaro ekspertlar ishtirok etmoqda.
Tadbir davomida AEXAning yetakchi ekspertlari tomonidan tartibga solish organi boshqaruv tizimini samarali tashkil etish, uning faoliyatini takomillashtirish hamda samaradorligini baholashga oid ma’ruzalar va taqdimotlar o‘tkazilmoqda.
Seminar ishtirokchilari ma’ruzalar, amaliy muhokamalar va savol-javoblar orqali AEXA hamda boshqa davlatlarning ilg‘or tajribasi bilan tanishib, mazkur yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlamoqda.
📅 10-sentabrga qadar davom etadigan seminar ishtirokchilarga sohadagi zamonaviy yondashuvlar, ilg‘or xalqaro tajriba va AEXAning samarali baholash tizimi bilan yaqindan tanishish, shuningdek, tajriba va fikr almashish imkonini beradi.







