“Tashkent International Half Marathon – 2026”: faol hayot tarzi sari yana bir qadam
2026-09-07 10:00:00 / Yangiliklar
📍 6-sentabr kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Tashkent International Half Marathon – 2026” xalqaro yugurish musobaqasida Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi jamoasi ham faol ishtirok etdi.

🏅 Qo‘mita xodimlari 5 kilometr masofani muvaffaqiyatli bosib o‘tib, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish va jismoniy faollikni qo‘llab-quvvatlashga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
🏃♂️ Sog‘lom turmush tarzi — faol jamoa va samarali mehnat garovidir.









