Neft va gaz sohasi xodimlari kuni
2026-09-06 11:00:00 / Yangiliklar
Hurmatli neft va gaz sohasi xodimlari hamda fahriylari!
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi jamoasi Sizlarni kasb bayramingiz — Neft va gaz sohasi xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etadi!

Mamlakatimiz iqtisodiy barqarorligi va energetika xavfsizligini taʼminlash, xalqimiz farovonligini oshirish yoʻlidagi mashaqqatli va masʼuliyatli mehnatingiz tahsinga loyiq. Sanoatda xavfsizlik va ishonchlilikni taʼminlash borasidagi hamkorligimiz bundan buyon ham samarali davom etishiga ishonamiz.
Sizlarga mustahkam sogʻliq, oilaviy farovonlik, masʼuliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar va hamisha xavfsiz mehnat sharoiti yor boʻlishini tilaymiz!
Bayramingiz muborak boʻlsin!
