DIQQAT! MUHIM MA’LUMOT
2026-08-29 14:40:00 / Yangiliklar

❗️ BU XAVOTIRLAR ASOSSIZ.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 18-iyundagi 315-son qaroriga muvofiq, yangi tartib gaz ballonining navbatdagi texnik ko‘rikdan o‘tkazish muddati kelgan holatlarga nisbatan qo‘llaniladi.
🔎 ENG KO‘P BERILAYOTGAN SAVOLLARGA JAVOBLAR
🟢 1️⃣ «1-sentabrdan barcha gaz ballonli avtomobillar zapravkadan qaytariladimi?»
❌ YO‘Q!
Gaz ballonining amaldagi tekshiruv muddati tugamagan haydovchilar o‘zlaridagi amaldagi hujjatlar asosida avtomobildan foydalanishda davom etishlari mumkin.
🟡 2️⃣ «Uzun navbatlar va ortiqcha ovoragarchilik yuzaga keladimi?»
❌ BUNGA EHTIYOJ VA ASOS YO‘Q!
Gaz ballonining amaldagi tekshiruv muddati tugamagan haydovchilarga 1-sentabrdan boshlab qayta tekshiruvdan o‘tish yoki zudlik bilan yangi QR-kod olish talab etilmaydi.
📅 Faqat gaz ballonining belgilangan tekshiruv muddati kelganda, rejali tartibda tekshiruvdan o‘tiladi.
💻 Tekshiruv natijalari elektron tizimga kiritiladi va tegishli QR-kodli hujjat rasmiylashtiriladi.
🛡 Yangi tartib barcha haydovchilarni bir vaqtning o‘zida laboratoriyaga borishga majbur qilmaydi.
🔵 3️⃣ «Yangi tartib faqat pul undirish yoki ortiqcha byurokratiya uchunmi?»
❌ YO‘Q!
🎯 Tizimning asosiy maqsadi:
🔒 gaz ballonlarining texnik holatini nazorat qilish;
🚫 qalbaki hujjatlardan foydalanishning oldini olish;
⚠️ gaz ballonlari bilan bog‘liq avariya va noxush hodisalar xavfini kamaytirish;
🛡 fuqarolar hayoti va xavfsizligini ta’minlash.
📅 MUDDATLAR BO‘YICHA ODDIY MISOLLAR
🟢 1-MISOL — HUJJATI AMALDA BO‘LGANLAR
Agar gaz balloningiz 2025-yil mart oyida texnik sinovdan o‘tkazilgan bo‘lsa va hujjatingiz 2028-yil martgacha amal qilsa:
✅ 1-sentabrdan keyin qayta tekshiruvdan o‘tishingiz talab etilmaydi;
✅ zudlik bilan QR-kod olishingiz shart emas;
✅ amaldagi hujjatingiz asosida avtomobildan foydalanishda davom etasiz.
🟠 2-MISOL — TEKSHIRUV MUDDATI TUGAYOTGANLAR
Agar gaz balloningizning tekshiruv muddati 2026-yil 1-sentabrdan keyin tugasa, muddat kelganda:
🔎 belgilangan tartibda rejali tekshiruvdan o‘tasiz;
💻 tekshiruv natijalari elektron tizimga kiritiladi;
🔲 QR-kodli tegishli hujjat rasmiylashtiriladi.
🚘 Avtomobilga yangi gaz balloni o‘rnatilganda ham belgilangan tartibda tekshiruv va rasmiylashtirish amalga oshiriladi.
🛡 XAVFSIZLIK — BU BYUROKRATIYA EMAS!
❤️ Bu — siz va oilangiz hayoti va salomatligini himoya qilishga qaratilgan muhim chora.
📢 HURMATLI FUQAROLAR!
Agar ushbu tartib bo‘yicha sizda savollar, shubhali holatlar yoki noqonuniy harakatlar haqida ma’lumotlar mavjud bo‘lsa, Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining
☎️ 71 203-02-39 raqamli ishonch telefoniga murojaat qilishingizni so‘raymiz.
🌐 Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi Axborot xizmati
