KO‘P QAVATLI UYLARDA LIFTLARDAN XAVFSIZ FOYDALANISH: YANGI TALABLAR
2026-08-17 17:20:00 / Yangiliklar

📌 Boshqarish organlari zimmasiga quyidagi muhim vazifalar yuklatiladi:
⭕ liftning butun foydalanish muddati davomida avariyasiz va xavfsiz ishlashini ta’minlash;
⭕ liftlar faoliyati ustidan dispetcherlik nazoratini yo‘lga qo‘yish;
⭕ avariya-qutqaruv qurilmalari, kuzatuv kameralari, aloqa vositalari va avariya haqida xabar berish tizimlarini doimo soz holatda saqlash;
⭕ lift kabinasi, mashina xonasi va dispetcherlik punkti o‘rtasida ikki tomonlama aloqani ta’minlash;
⭕ liftning butun foydalanish davri davomida lift jurnalini yuritish;
⭕ liftlarga har oy texnik xizmat ko‘rsatish va har yili davriy texnik ko‘rikdan o‘tkazish;
⭕ aniqlangan avariya, nosozlik va boshqa xavfli holatlar haqida zudlik bilan texnik xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotni xabardor qilish;
⭕ nogironligi bo‘lgan shaxslarning liftlardan xavfsiz foydalanishi uchun zarur sharoitlarni yaratish;
⭕ liftda foydalanish qoidalariga zid yoki taqiqlangan yuklarni tashishga yo‘l qo‘ymaslik.
🛗 LIFT KABINASIDA QANDAY MA’LUMOTLAR BO‘LISHI KERAK?
Lift kabinasida foydalanish qoidalari bilan bir qatorda:
✅ liftning nomi va maqsadi;
✅ yuk ko‘tarish qobiliyati va ruxsat etilgan yo‘lovchilar soni;
✅ “Xavfsiz lift” elektron platformasidagi qayd raqami va davriy texnik ko‘rikdan o‘tganligi haqidagi ma’lumotlar;
✅ texnik xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot yoki avariya xizmati bilan bog‘lanish uchun telefon raqami ko‘rsatilishi lozim.
💡 Shuningdek, lift shaxtasi, mashina xonasi va ularga kirish joylari bo‘sh hamda yorug‘ holatda saqlanishi kerak.
📣 Eslatma: Liftning xavfsizligi faqat texnik xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotning emas, balki undan foydalanishni tashkil etuvchi boshqarish organi, mas’ul tashkilotlar va foydalanuvchilarning ham umumiy mas’uliyatidir.
