SANOAT, RADIATSIYA VA YADRO XAVFSIZLIGI SOHASIDA YANGI RAQAMLI DAVR BOSHLANDI
2026-08-14 16:40:00 / Yangiliklar

Endilikda kadrlarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlari to‘liq raqamlashtirilgan yagona platforma orqali amalga oshirilmoqda. Bu tizim sohada erishilgan eng muhim yutuqlardan biri sifatida qayd etilmoqda.
Ushbu platforma ishga tushirilishi bilan Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi o‘z faoliyatida yangi bosqichga o‘tdi — bu bosqich shaffoflik, tezkorlik va xavfsizlikni maksimal darajaga olib chiqishga qaratilgan.
🏛 Mazkur yirik raqamli loyiha Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi tasarrufidagi “Kontexnazorato‘quv” davlat muassasasi hamda “UZINFOCOM” mutaxassislari hamkorligida ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etildi. Bu hamkorlik natijasida sohada ilgari mavjud bo‘lmagan zamonaviy raqamli boshqaruv tizimi yaratildi.
📝 Yangi platforma ishga tushirilishi bilan qanday yutuqlarga erishildi?
🔹 Sun’iy intellekt asosidagi nazorat tizimi joriy etildi
Endilikda imtihon va attestatsiya jarayonlarida FACE-ID (MYID) texnologiyasi orqali shaxsni aniq identifikatsiya qilish yo‘lga qo‘yildi. Bu esa inson omili va korrupsion xavflarni deyarli nol darajaga tushirdi.
🔹 Yagona raqamli ta’lim ekotizimi yaratildi
“Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasidagi ta’lim” platformasi ishga tushirilib, u One ID tizimi bilan to‘liq integratsiya qilindi. Bu esa foydalanuvchilarga yagona kirish nuqtasi orqali barcha xizmatlardan foydalanish imkonini berdi.
🔹 To‘liq avtomatlashtirilgan baholash tizimi yo‘lga qo‘yildi
Test natijalari endi inson aralashuvisiz avtomatik hisoblanadi. Bu esa baholash jarayonining adolatliligi va shaffofligini ta’minladi.
🔹 Raqamli sertifikatlash tizimi joriy etildi
Muvaffaqiyatli ishtirokchilarga QR-kodli, soxtalashtirishdan himoyalangan elektron guvohnomalar berilmoqda. Bu hujjatlarning haqiqiyligini istalgan vaqtda onlayn tekshirish mumkin.
⚙️ Ushbu raqamli transformatsiya natijasida sohada quyidagi strategik yutuqlarga erishildi:
— xavfli ishlab chiqarish obyektlarida xavfsizlik darajasi sezilarli oshdi
— inson omili minimal darajaga tushirildi
— barcha jarayonlar to‘liq shaffof va nazorat qilinadigan tizimga o‘tkazildi
— kadrlar tayyorlash sifati yangi bosqichga ko‘tarildi.
🏛 “Kontexnazorato‘quv” davlat muassasasi tomonidan ishga tushirilgan ushbu onlayn platforma bugungi kunda sohaning eng muhim raqamli yutug‘i sifatida e’tirof etilmoqda.
📞 Murojaat uchun:
+998 (97) 087-12-69
+998 (90) 003-12-14
