“Biznes himoya” QR-kodi
2026-07-31 10:20:00 / Yangiliklar

🏛 Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladigan nazorat tadbirlari ham mazkur tizim asosida tashkil etiladi.
📌 Yangi tartiblarga ko‘ra:
✅ Qo‘mita inspektorlari tekshiruv, profilaktika tadbirlari hamda nazorat tadbiri hisoblanmaydigan xizmat muloqotlarini amalga oshirishda “Yagona davlat nazorati” axborot tizimining mobil ilovasidan foydalanadi.
✅ Tekshiruv o‘tkazish huquqini tasdiqlovchi maxsus guvohnomalar faqat elektron shaklda yuritiladi. Qog‘oz shaklidagi guvohnomalarni rasmiylashtirish amaliyoti bekor qilinadi.
🔷 “Biznes himoya” QR-kodi orqali nazorat tadbirlarini ro‘yxatga olish tizimi joriy etiladi
✅ Endilikda tadbirkorlik subyektlaridan Tekshiruvlarni ro‘yxatga olish elektron kitobini taqdim etish talab etilmaydi.
✅ Qo‘mita inspektori nazorat tadbirini boshlashdan avval tadbirkorlik subyektida joylashtirilgan “Biznes himoya” QR-kodini mobil ilova orqali skaner qilib, nazorat tadbirini “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkazadi.
⚖️ Tadbirkorlarning huquqlari qonun bilan kafolatlanadi
Agar nazorat tadbiri yoki xizmat muloqotiga oid ma’lumotlar belgilangan tartibda “Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga kiritilmagan bo‘lsa, tadbirkorlik subyekti nazorat tadbirini o‘tkazishga ruxsat bermaslik hamda xizmat muloqotini amalga oshirmaslik huquqiga ega.
Mazkur yangiliklar sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida nazorat tadbirlarining qonuniyligi, ochiqligi va shaffofligini yanada mustahkamlash, shuningdek, tadbirkorlar bilan o‘zaro hamkorlikni zamonaviy raqamli mexanizmlar asosida tashkil etishga xizmat qiladi.
