Qo‘mitaga ISO 9001:2015 va ISO 37001:2025 xalqaro standartlari bo‘yicha sertifikatlar tantanali ravishda taqdim etildi
2026-07-30 11:00:00 / Yangiliklar

Qo‘mitaga ISO 9001:2015 va ISO 37001:2025 xalqaro standartlari bo‘yicha sertifikatlar tantanali ravishda taqdim etildi.
📄 QACS International Pvt. Ltd. tomonidan berilgan mazkur sertifikatlar Qo‘mita faoliyati xalqaro menejment standartlari talablariga to‘liq muvofiqligini tasdiqlaydi.
🔹 ISO 9001:2015 — sifat menejmenti tizimi bo‘yicha xalqaro standart bo‘lib, Qo‘mitada:
• yadro energetikasi va yadro texnologik obyektlarining radiatsiya hamda yadro xavfsizligini ta’minlash;
• sanoat xavfsizligi va xavfli ishlab chiqarish obyektlari sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish va muvofiqlashtirish yo‘nalishlarida sifat menejmenti tizimi samarali joriy etilganini tasdiqlaydi.
🔹 ISO 37001:2025 esa korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti tizimi bo‘yicha xalqaro standart bo‘lib, unda korrupsiyaviy xavflarni aniqlash va oldini olish, halollik, shaffoflik, hisobdorlik hamda manfaatlar to‘qnashuvini samarali boshqarish bo‘yicha xalqaro talablar joriy etilgani e’tirof etiladi.
⚛️ Mazkur xalqaro sertifikatlar Qo‘mitada zamonaviy boshqaruv tizimi, sifat menejmenti va korrupsiyaga qarshi komplayens mexanizmlarini xalqaro standartlar asosida yo‘lga qo‘yish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning yana bir muhim e’tirofi hisoblanadi. Bu natija davlat boshqaruvida ochiqlik, samaradorlik va ishonchlilikni yanada mustahkamlash, shuningdek, xalqaro hamkorlikni kengaytirish uchun muhim zamin yaratadi.
📅 ISO 37001:2025 sertifikati 2026-yil 14-iyul, ISO 9001:2015 sertifikati esa 2026-yil 24-iyul sanasida rasmiylashtirilgan bo‘lib, har ikkisi ham yillik nazorat auditlari muvaffaqiyatli o‘tkazilishi sharti bilan 3 yil muddat davomida amal qiladi.






