TABRIK
2026-07-28 14:55:00 / Yangiliklar

Sizning ko‘p yillik mehnat faoliyatingiz, yuksak kasbiy salohiyatingiz, mas’uliyat, fidoyilik va rahbarlik fazilatlaringiz ushbu yuksak ishonchga munosib ekaningizni yana bir bor tasdiqlaydi.
Hurmatli Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, energetika tizimida yangicha ish uslubini joriy qilish, sohada zamonaviy boshqaruv tamoyillarini keng tatbiq etish hamda nazorat samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni amalga oshirishda Sizga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Ishonamizki, yangi va mas’uliyatli lavozimda ham mamlakatimiz energetika sohasida qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash, xavfsizlikni mustahkamlash hamda tizimni yanada rivojlantirish yo‘lida samarali faoliyat olib borib, yuksak natijalarga erishasiz.
Sizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, cheksiz kuch-g‘ayrat, mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar, yangi yutuqlar va ezgu ishlaringizda doimo omad yor bo‘lishini tilaymiz.
Hurmat bilan,
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi jamoasi
