Qo‘mita tizimida vakant lavozimga tanlov e’lon qilindi
2026-07-27 18:00:00 / Yangiliklar

📌 Lavozim:
Bosh mutaxassis — davlat inspektori
📍 Tarkibiy tuzilma:
Nazorat-profilaktika va davlat xizmatlarini yuritish boshqarmasi
🕘 Ish tartibi:
Dushanba–juma, 09:00–18:00
📄 Bandlik turi:
To‘liq stavka, nomuayyan muddatga
✅ Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
🔹 oliy ma’lumotga ega bo‘lish;
🔹 yurisprudensiya,texnikaviy, kimyo yoki muhandislik yo‘nalishlaridan birida mutaxassislikka ega bo‘lish;
🔹 Qo‘mita tizimida, sohaga aloqador davlat fuqarolik xizmatida yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarda kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;
🔹 davlat tilini mukammal bilish;
🔹 kompyuter savodxonligi, MS Office dasturlari va Internet tarmog‘idan foydalana olish;
🔹 korrupsiyaga oid jinoyat sodir etmagan bo‘lish;
🔹 strategik va tahliliy fikrlash, qarorlarni tez qabul qilish va ijrosini ta’minlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish.
📘 Lavozim majburiyatlari:
Mehnat shartnomasi, ichki mehnat tartibi qoidalari, jamoa shartnomasi hamda lavozim yo‘riqnomasi talablariga rioya qilish.
📥 Tanlovda ishtirok etish istagidagi nomzodlar hujjatlarini Davlat fuqarolik xizmati vakant lavozimlarining yagona ochiq portali orqali topshirishlari mumkin.
