🇺🇿 30-iyun – Yoshlar kuni
2026-06-30 09:00:00 / Yangiliklar

🏛 Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi jamoasi sohada samarali mehnat qilayotgan yosh mutaxassislarni, ilmiy izlanishlar olib borayotgan yosh tadqiqotchilarni, oliy ta’lim muassasalari talabalari, akademik litsey va kasb-hunar ta’limi o‘quvchilari hamda yurtimizning barcha yoshlarini 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan chin dildan muborakbod etamiz!
📚 Sizlarning bilim olishga bo‘lgan intilishingiz, ilm-fan va innovatsiyaga qiziqishingiz, kasbiy mahoratingizni muntazam oshirib borayotganingiz hamda Vatan taraqqiyoti yo‘lidagi fidokorona sa’y-harakatlaringiz Yangi O‘zbekistonning porloq kelajagini barpo etishda muhim omildir.
⚛️ Ayniqsa, sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida faoliyat yuritayotgan hamda ilmiy izlanishlar olib borayotgan yoshlarning tashabbuskorligi, mas’uliyati va salohiyati mamlakatimizning barqaror rivojlanishiga munosib hissa qo‘shmoqda.
Sizlarga mustahkam sog‘liq, yuksak marralar, ilmiy va kasbiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, ezgu maqsadlaringiz yo‘lida kuch-g‘ayrat va zafarlar tilaymiz.
Yoshlarga bo‘lgan ishonch – Yangi O‘zbekistonning buyuk kelajagiga bo‘lgan ishonchdir.
🇺🇿 30-iyun – Yoshlar kuni muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Rafiqov Abduvaqqos Vohidovich
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo'mitasi raisi
