Ijtimoiy tarmoqlarda “G‘ofur G‘ulom” nomidagi istirohat bog‘idagi attraksionda fuqarolar qolib ketgani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan Sanoat, radiyatsiya va yadro xavfsizligi qo'mitasining rasmiy munosabati.
2026-06-29 01:00:00 / Yangiliklar
Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari korxonasi ma’lum qilishicha, 2026-yil 28-iyun kuni soat 20:45 da Toshkent shahrida joylashgan “Yuksak” podstansiyasidan chiquvchi L-O‘-Yu 110 kV 1 va 2 elektr uzatish tarmoqlarida texnik nosozlik yuzaga kelgani sababli elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilish kuzatilgan.

Shu sabab Toshkent shahr, Chilonzor tumani, Bunyodkor shohkoʻchasida joylashgan “Dream Park” nomidagi istirohat bog‘idagi "Charxpalak" attraksionida fuqarolar qolib ketgan.
Maxsus qutqaruv boʻlinmalar tomonidan fuqarolar attraksiondan xavfsiz olib tushilgan.
Vaziyat vakolatli tashkilotlar tomonidan to‘liq nazoratga olingan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yoq.
🌐 Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi Axborot xizmati
