Korrupsiyaga oid jinoyat sodir etganlar davlat xizmatiga qaytarilmaydi!
2026-06-24 14:00:00 / Yangiliklar
#Halollik
Prezidentimiz tomonidan imzolangan yangi OʻRQ-1155-sonli Qonun bilan korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi tubdan kuchaytirilmoqda.
Endilikda nimalar oʻzgaradi?

📊 Elektron reyestr: Korrupsiyaga oid jinoyat sodir etgan shaxslarning alohida elektron reyestri yuritiladi.
❌ Qatʼiy taqiqlar: Ushbu reyestrga kiritilgan shaxslarga davlat xizmatiga kirish, saylanadigan lavozimlarga nomzod koʻrsatish va davlat xaridlarida qatnashish butunlay taqiqlanadi.
⚖️ Jazoning muqarrarligi: Jinoyat kodeksida “korrupsiyaga oid jinoyatlar” tushunchasiga aniq taʼrif berilib, unga 18 turdagi jinoyatlar kiritildi.
