Qo‘mita vakili davlat xizmatida samarali HR-boshqaruviga bag‘ishlangan seminar-treningda ishtirok etdi
2026-06-24 13:00:00 / Yangiliklar

Tadbirda Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish hamda maxsus qism bo‘yicha bosh mutaxassisi Nafisa Turdiyeva ham ishtirok etdi.
Seminar-treningning asosiy maqsadi HR bo‘linmalari rahbarlarining kasbiy kompetensiyalarini milliy va xalqaro ilg‘or tajribalar asosida rivojlantirish, zamonaviy HR-menejment va People Analytics yondashuvlarini davlat xizmatiga joriy etish hamda inson kapitalidan samarali foydalanish mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida quyidagi dolzarb yo‘nalishlar muhokama qilindi:
🔹 kelajak mehnat bozori va davlat xizmatida talant menejmenti;
🔹 zamonaviy HR-boshqaruv yondashuvlarini davlat xizmatiga joriy etish;
🔹 xorijiy tajriba asosida inson kapitalini rivojlantirish;
🔹 biznes natijadorligi va xodimlar samaradorligini uyg‘unlashtirish;
🔹 HR-jarayonlarni raqamlashtirish va People Analytics vositalaridan foydalanish.
Seminarda “Franklin Templeton Investments Inc.”, “Beeline Uzbekistan” hamda “Smart Solutions Ltd.” kompaniyalarining inson resurslarini boshqarish sohasidagi ilg‘or tajribalari taqdim etildi.
Treningning amaliy qismi doirasida ishtirokchilar IT Park Uzbekistan faoliyati, uning infratuzilmasi va startaplar ekotizimi bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, GovTech va HR Tech yo‘nalishlaridagi raqamli loyihalar hamda davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilayotgan innovatsion tashabbuslar haqida ma’lumot berildi.
Ishtirokchilarga hrm.gov.uz platformasida joriy etilayotgan yangi modul ham taqdim qilindi. Mazkur modul kadrlarni tanlash jarayonida innovatsion yechimlardan foydalanish, tanlovlarning shaffofligini ta’minlash va nomzodlarni kompetensiyalari asosida saralash imkonini beradi.
Seminarda o‘rganilgan ilg‘or tajriba va zamonaviy yondashuvlar Qo‘mitada HR-jarayonlarni yanada takomillashtirish, raqamli boshqaruv vositalaridan samarali foydalanish, malakali kadrlarni saralash hamda xodimlarning kasbiy salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.
🌐 Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi Axborot xizmati






