🌐 23-iyun – Xalqaro davlat xizmati kuni muborak bo‘lsin!
2026-06-23 08:55:00 / Yangiliklar

🇺🇳 BMT Bosh Assambleyasi tomonidan ta’sis etilgan ushbu xalqaro kun davlat boshqaruvi tizimining jamiyat hayotidagi o‘rni hamda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishdagi muhim ahamiyatini yuksak e’tirof etadi.
🇺🇿 Yangi O‘zbekistonda muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan davlat boshqaruvi tizimini modernizatsiya qilish, davlat xizmatining nufuzi va samaradorligini oshirish hamda xalqparvar davlat barpo etish yo‘lida tarixiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Zero, bugun davlat organlarining faoliyati «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak» degan ulug‘vor va insonparvar g‘oya asosiga qurilgan.
⚛️ Mamlakatimiz xavfsizligi, ekologik barqarorligi va sanoat rivojini ta’minlashda Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining davlat xizmatchilari alohida va mas'uliyatli o‘ringa ega. Respublikamizda sanoat ob’ektlari xavfsizligini ta’minlash, radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizlikni xalqaro talablar hamda BMT va uning ixtisoslashgan agentliklari (jumladan, AEXTM) standartlariga mos ravishda nazorat qilish yo‘lidagi kundalik faoliyatingiz yuksak bilim, qat'iyat va fidoyilikni talab etadi.
🛡 Davlat xizmatida faoliyat yuritish — bu nafaqat mas’uliyatli vazifa, balki Vatan va xalq ravnaqi, fuqarolarimiz xavfsizligi hamda yurtimiz tinchligi yo‘lida sadoqat bilan xizmat qilish sharafidir. Sizlarning yuqori kasbiy salohiyatingiz va soha rivojiga qo‘shayotgan beqiyos hissangiz tahsinga loyiq.
✨ Ushbu qutlug‘ bayram munosabati bilan barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga qut-baraka hamda mamlakatimiz xavfsizligi va taraqqiyoti yo‘lidagi sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz!
🤝 Davlat xizmati kuni muborak bo‘lsin!
🌐 Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi Axborot xizmati
