O‘zbekistonda integratsiyalashgan AESning birinchi energiya blokini qurish ishlariga start berildi
2026-06-05 18:00:00 / Yangiliklar
O‘zbekistonda integratsiyalashgan atom elektr stansiyasining birinchi energiya blokini qurish ishlariga start berildi. Mazkur jarayon mamlakatimiz energetika tizimini yanada rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda uzoq muddatli barqaror energiya ta’minotini yo‘lga qo‘yishda muhim bosqich hisoblanadi.

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi ushbu yo‘nalishda belgilangan xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etilishi, sanoat va yadro xavfsizligi me’yorlarining izchil ta’minlanishi masalalariga alohida e’tibor qaratadi.
Ushbu mavzuga bag‘ishlangan maxsus videoreportajni quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:
Videoreportaj havolasi: https://t.me/scisuz/12782
