1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni muborak bo‘lsin!
2026-06-01 10:00:00 / Yangiliklar

Bolalar – hayotimiz mazmuni, xonadonlarimiz fayzi va yurtimizning porloq kelajagidir. Bizning bugungi har bir harakatimiz, davlatimiz va jamiyatimiz farovonligi yo‘lida qilayotgan mehnatlarimiz, eng avvalo, farzandlarimizning tinch, osuda va xavfsiz dunyoda voyaga yetishlari uchun xizmat qiladi. 🕊
Qo‘mitamiz o‘z faoliyatining bosh mezoni sifatida yurtimizda sanoat va radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlashni ko‘radi. Bu esa kelajak avlodga toza, xavfsiz va barqaror muhitni meros qoldirish deganidir. Biz har bir bolaning sog‘lom va xavfsiz sharoitda o‘sib-ulg‘ayishi uchun mas’uliyatimizni chuqur his etamiz. 🛡🌱
Shu qutlug‘ ayomda barcha bolajonlarga uzoq umr, mustahkam sog‘lik, bitmas-tuganmas quvonch va baxtli bolalik tilaymiz. Yuzlaridan tabassum, qalblaridan beguborlik hech qachon arimasin! 🎈✨
Farzandlarimiz baxtiga ko‘z tegmasin, yurtimiz tinch, osmonimiz doimo musaffo bo‘lsin! 🇺🇿
Hurmat bilan,
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi jamoasi
