📺 "Axborot 24" va "Yangi davr" informatsion dasturlarida: Yadro xavfsizligi sohasida xalqaro hamkorlikning yangi bosqichi
2026-05-20 17:00:00 / Yangiliklar

🎙 Xabar berganimizdek, Avstriyaning Vena shahridagi Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA) bosh qarorgohida Yadro xavfsizligi to‘g‘risidagi Konvensiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli xalqaro tadbirda mamlakatimiz delegatsiyasi ham faol ishtirok etdi.
Mazkur yig‘ilish tafsilotlari "O‘zbekiston 24" telekanalining "Axborot 24" hamda "Yoshlar" telekanalining "Yangi davr" informatsion dasturlarida keng yoritildi. Ko'rsatuvlarda sohaga oid xalqaro aloqalarning bugungi holati va kelajakdagi istiqbollari doirasida quyidagi muhim masalalarga alohida e'tibor qaratildi:
🔹 Yadro xavfsizligi to‘g‘risidagi Konvensiya talablari doirasida amalga oshirilayotgan xalqaro chora-tadbirlar;
🔹 O‘zbekistonda radiatsiya va yadro xavfsizligini ta'minlash sohasida olib borilayotgan islohotlar va milliy tajriba;
🔹 AEXA hamda a'zo davlatlar o‘rtasida xavfsizlik madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik istiqbollari;
🔹 Sohaga oid xalqaro me'yorlar va zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga joriy etish masalalari.
▶️ Vena shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli yig‘ilish tafsilotlari va O‘zbekiston delegatsiyasining ishtirokiga oid maxsus telelavhalarni quyidagi havolalar orqali to‘liq tomosha qilishingiz mumkin!
👉 "Axborot 24" lavhasini tomosha qilish: https://youtu.be/hbrv0zZgBvI
👉 "Yangi davr" lavhasini tomosha qilish: https://youtu.be/AEe1PErctkM
🌐 Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi Axborot xizmati
