🏆 Mintaqada ilk bor: «Kontexnazorato‘quv» DM xalqaro ISO 21001:2018 sertifikatini qo‘lga kiritdi!
2026-05-12 15:00:00 / Yangiliklar

🔍 Nima uchun bu tarixiy voqea? Odatda bu standart umumiy ta'lim muassasalariga beriladi. Ammo aynan sanoat va yadro xavfsizligi kabi o‘ta mas’uliyatli va murakkab yo'nalishda ta'lim beruvchi davlat muassasalari orasida bunday darajaga erishish nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyo va MDH davlatlari orasida ham dastlabki va eng noyob amaliyotlardan biridir.
📑 Sertifikat qaysi yo'nalishlarni qamrab oladi?
Xalqaro audit natijalariga ko‘ra, muassasaning 20 ta muhim yo‘nalishdagi o‘quv jarayonlari yuqori baholandi. Jumladan:
🔹 Sanoat xavfsizligi ekspertlarini tayyorlash;
🔹 Radioaktiv moddalar va ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bilan ishlovchi mutaxassislarni o'qitish;
🔹 Bosim ostida ishlovchi idishlar va yuk ko‘tarish kranlari bo'yicha muhandis-texnik xodimlarni tayyorlash.
Ushbu yutuq respublikamizda strategik obyektlar va xavfli ishlab chiqarish sohalari uchun tayyorlanayotgan kadrlarning bilimi dunyo standartlariga to'la mos kelishining rasmiy kafolatidir!
🌐 Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi Axborot xizmati


