XORIJIY URUG‘LIK CHIGIT OLIB KELISH ISHLARI INSPEKSIYA NAZORATIDA
2026-02-27 17:40:00 / Yangiliklar

Shu maqsadda O‘zagroinspeksiya nazorati ostida Andijon tumanida 2026-yilgi paxta hosili uchun serhosil va kasalliklarga chidamli urug‘lik chigitlar olib kelish ishlari tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.
Viloyatda paxta hosildorligini yuqori darajaga ko‘tarishda “Tain ye plastik” MChJ faoliyati diqqatga sazovor. “Tain ye plastik” MChJ tomonidan Xitoy davlatidan “Xinluzao-64” navli urug‘lik chigitlardan bugungi kunda 500 tonna olib kelingan.
Mazkur korxonaning talabnomasiga asosan xorijdan olib kelingan 500 tonna urug‘lik chigitlardan Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sifatini baholash markazining Andijon viloyati filiali mutaxassislari tomonidan 375 tonnasiga tahlil uchun namunalar olingan va tahlil natijalariga ko‘ra ushbu xorijiy urug‘lik chigitlar ekish uchun muvofiq deb topilgan.
Bugungi kunda qolgan 125 tonna urug‘lik chigitlardan namuna olish ishlari amalga oshirilmoqda.
Nuriddin Turg‘unov,
O‘zagroinspeksiyaning Andijon tuman bo‘limi bosh mutaxassisi

